Click to listen highlighted text!

Muallif: admin_kkrpm

“Biz halollik tarafdorimiz” — Prezident maktabida ochiq eshiklar kuni

Nukus shahridagi Prezident maktabida “Biz halollik tarafdorimiz” mavzusida ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Tadbirda o‘quvchilar, ustozlar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus tumanlararo ma’muriy sudi sudyasi, yuridik fanlar doktori (DSc), professor Babanazarov Qalbay va Pedagogik mahorat markazining katta o‘qituvchisi Adilbay Shrazov ma’ruzalari bilan ishtirok etdi. Uchrashuv davomida korrupsiyaning xavf-xatarlari, uning oldini olishga doir qonunchilik talablari, shuningdek yoshlar […]

«Zamonaviy rahbar» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida o‘tkazilgan «Zamonaviy rahbar» tanlovi o‘z yakuniga yetdi. Unda maktab direktor o‘rinbosarlari zamonaviy boshqaruv ko‘nikmalari, jamoa bilan ishlash mahorati hamda muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilish qobiliyatini namoyish etdilar. Tanlovda o‘zining innovatsion yondashuvi va faol ishtiroki bilan ajralib turgan pedagoglar «Hurmat yorlig‘i» bilan taqdirlandi. Ta’limning taraqqiyoti — zamonaviy rahbarlarning qo‘lida!

«Kreativ pedagog» tanlovi g‘oliblari aniqlandi!

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida pedagogik mahorat va ijodkorlikni sinovdan o‘tkazuvchi – «Kreativ pedagog» tanlovi yakunlandi! Ushbu tanlovda ishtirokchilar o‘zlarining yangicha fikrlash qobiliyati, dars jarayoniga kreativ yondashuv va pedagogik tajribasini namoyish etdi. Tanlov uch bosqichda tashkil etilib, har bir bosqichda ishtirokchilarning metodik salohiyati, interfaol usullardan foydalanish ko‘nikmalari va o‘quvchilar bilan ishlashdagi samaradorligi sinovdan o‘tkazildi.

100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilarining yakuniy attestatsiyasi

Bugun noyabr oyida tashkil etilgan 100 soatlik malaka oshirish kurs tinglovchilarining yakuniy attestatsiya sinovlari o‘tkazildi. Bunda o‘qituvchilarning kurs davomida o‘rgangan bilim va ko‘nikmalari baholandi. Yakuniy attestatsiya test, loyiha ishi va mikrodars taqdimoti shaklida olib borildi. Tinglovchilar o‘zlari tanlagan mavzularda mustaqil ishlash hamda pedagogik texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini namoyish etdilar. Kurs jarayonida tinglovchilar hamkorlikda ishlash orqali […]

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!