Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xorijiy mehmonlar uchun I.V. Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat san’at muzeyiga sayohat tashkil etildi. Sayahat davomida mehmonlar muzeyning noyob san’at asarlari, boy ekspozitsiyalari hamda xalqimizning boy madaniy merosi bilan yaqindan tanishdilar. Mehmonlar Qoraqalpog‘istonning boy tarixi, betakror san’ati va milliy qadriyatlarini yaqindan kashf etish, xalqaro madaniy aloqalarni mustahkamlash imkonini berdi.










