2026-yil 11–12-noyabr kunlari Beruniy va Ellikqal’a tumanlarida özbek tili fani öqituvçilarining kasbiy mahoratini oşiriş, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni tatbiq etiş maqsadida köçma seminarlar taşkil etildi. Jumladan, 11-noyabr kuni Beruniy tumani maktabgaça va maktab ta’limi bölimi tasarrufidagi 53-sonli umumta’lim maktabida, 12-noyabr kuni esa Ellikqal’a tumanidagi 1-sonli umumta’lim maktabida Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-öqituvçilari hamda Metodik xizmat körsatiş bölimi metodistlari iştirokida “Özbek tilini öqitişda zamonaviy yondaşuvlar: sifatli ta’lim va amaliyot” mavzusida köçma seminarlar ötkazildi. Seminarning asosiy maqsadi özbek tilini öqitiş sifatini oşiriş, pedagoglarning kasbiy mahoratini rivojlantiriş, zamonaviy pedagogik yondaşuvlarni ta’lim jarayoniga tatbiq etiş hamda ilğor tajribalarni ommalaştirişdan iborat böldi. Seminarda Pedagogik mahorat markazi Tillarni öqitiş metodikasi kafedrasi katta öqituvçilari M.Razzakova, M.Urazbaev, Metodik xizmat körsatiş bölimi fan metodistlari Ö. Matmuratov, T. Jusipbaev hamda tuman umumta’lim maktablarining fan öqituvçilari iştirok etdilar.
Seminar davomida uzluksiz kasbiy rivojlaniş tizimining mazmun-mohiyati, davlat tilini öqitiş sifatini oşirişga qaratilgan ustuvor vazifalar, malaka oşiriş kurslari oraliğida pedagoglarning mustaqil rivojlanişi va özaro tajriba almaşişining ahamiyati xususida fikr yuritildi. Seminarning amaliy maşğulotlari doirasida quyidagi mavzularda trening va mahorat darslari taşkil etildi: 🔹 M.Razzakova — “Sinfni boşqarişning samarali usullari”; 🔹 M. Urazbaev — “Ilmiy va badiiy matnlar orqali öquvçilarning kreativ fikrlaş qobiliyatlarini rivojlantiriş”; 🔹 Ö. Matmuratov — “Özbek tili öqituvçilarining kasbiy mahoratini oşiriş: KRK va KRS doirasida zamonaviy mentorlik hamda hamkorlikda öqitişni taşkil etiş”; 🔹 T. Jusipbaev — “Adabiyot darslarida adabiy-nutqiy kompetensiyalarni şakllantiriş”. Maşğulotlarda zamonaviy metodlardan foydalaniş, öquvçilarning mustaqil va kreativ fikrlaş qobiliyatlarini rivojlantiriş, dars samaradorligini oşiriş hamda pedagogik hamkorlikni mustahkamlaşga alohida e’tibor qaratildi. Seminar davomida uzluksiz kasbiy rivojlaniş tizimining mazmun-mohiyati, davlat tilini öqitiş sifatini oşirişga qaratilgan ustuvor vazifalar, malaka oşiriş kurslari oraliğida pedagoglarning mustaqil rivojlanişi va özaro tajriba almaşişining ahamiyati xususida fikr yuritildi. Seminar yakunida iştirokçilar KRK va KRS tadbirlarini taşkil etiş, loyihaviy öqitiş, yangi baholaş tizimi hamda ilğor pedagogik tajribalarni ommalaştiriş yuzasidan özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar.














