Click to listen highlighted text!

Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi

Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi

Matekeyev Seytjan Tajatdinovich – kafedra mudiri, f.f.n.

          Tillarni o‘qitish metodikasi kafedrasi umumta’lim maktablarining qoraqalpoq tili va adabiyoti, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, qozoq tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, chet (ingliz, nemis, fransuz) tillari, davlat (qoraqalpoq, o‘zbek) tillari o‘qituvchilarining malaka oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishga xizmat qiladi. Kafedrada bugungi kunda 11 nafar professor-o‘qituvchilar asosiy hamda o‘rindoshlik asosida ishlamoqda. Kafedra a’zolari: Ayekeyeva Guljahan O‘zbekbayevna – katta  o‘qituvchi, rus tili va adabiyoti mutaxassisi. Orimbetova Laura Berdimuratovna – katta katta  o‘qituvchi, rus tili va adabiyoti mutaxassisi. Turimbetov Bayrambay Qonisbayevich – dotsent v.b, qoraqalpoq tili va adabiyoti mutaxassisi. Qanatova Gulistan Oralboy qizi – katta o‘qituvchi, qozoq tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili mutaxassisi. Razzakova Muqaddas Nurumbetovna – katta o‘qituvchi, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisi. Qurbanbayev Kamal Qurbanbayevich – katta o‘qituvchi, ingliz tili va adabiyoti mutaxassisi. Ibragimova Yulduz Orinbayevna – katta o‘qituvchi, ingliz tili va adabiyoti mutaxassisi. Yeshchanova Gulzira Yendirovna – katta o‘qituvchi, ingliz tili va adabiyoti mutaxassisi. Najimova Ravshan Shamshetdinovna – dotsent v.b, qoraqalpoq tili va adabiyoti mutaxassisi. Tajibayeva Latofat – dotsent v.b, o‘zbek tili va adabiyoti mutaxassisi. Kafedra professor-o‘qituvchilari pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini ta’minlash yo‘nalishida bir qator ilmiy, metodik ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Kafedrada uzluksiz kasbiy rivojlanishning an’anaviy (oflayn) shakli bilan birgalikda qoraqalpoq tili va adabiyoti, turkman tili va adabiyoti, davlat (qoraqalpoq) tili mutaxassislilari bo‘yicha onlayn malaka oshirish kurslari asosida kasbiy rivojlanish kurslari uchun yangi kurslar tashkillashtirilmoqda. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 – yil 11 – maydagi 134 – sonli farmoni bilan tasdiqlangan  «Xalq ta’limi tizimini 2022 – 2026 – yillarda rivojlantirishning Milliy dasturi » da ko‘rsatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida yangi metodikalarga o‘rgatish bo‘yicha 18 soatlik qisqa muddatli ko‘chma kurslarni tashkil etishda ham faol qatnashib kelmoqda. Kafedra a’zolaridan 2 professor – o‘qituvchi fan doktori (DSc), 2 o‘qituvchi falasafa doktori (Phd) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!