
Nukus shaharida “O’qituvchilarning malakasini oshirish instituti” 1943-yili 21-dekabrda taniqli tilchi olim, pedagog Kenjebay Ubaydullaev direktor lavozimiga tayinlandi, u 1948-yilgacha rahbar bo’lib faoliyat yuritadi. Shu davrdagi qiyinchiliklarga qaramay, urush davom etayotgan bo’lsa-da, 1944-yili “O’qituvchilarning malakasini oshirish instituti“ning vazifalari belgilab berildi. Bu ahamiyatli hujjat institutning xizmat vazifasini anchaga kengaytirdi, rahbar xodimlarning va o`qituvchilarning malakasini orttirish asosiy vazifasi etib tasdiqlandi. Shu bilan birga, institut jamoati faol maktablarda ishlayotgan tajribali, namunali o’qituvchilarning ish tajribalarini o`rganish, ularni umumlashtirish va ommalashtirish, tuman va shahardagi “Pedagogik xona” ham “Metod birlashma”larga har doim yordam ko`rsatish va boshqada vazifalar qo`yildi. O`qituvchilarning malakasini oshirish institutida xalq ta’limi fidoyilari, tarixchi olim Rzambet Qosbergenov (1948-1949) rahbarlik qildi va Kenjebay Dosumov (1949-1951) rahbarlik qildi. Bundan keyin 1951-yilning 18-iyulidan 1956-yilning 1-oktyabrigacha institutda tajribali pedagog Ufa Allambergenov direktor lavozimida ishlagan. 1950-yillarning oxirida Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq xo`jaligining barcha sohalaridagi kabi ta’lim yo`nalishida ham muvaffaqiyatli o`zgarishlar kuzatildi. 1958-yili “Maktabni turmush bilan bog`lashni mustahkamlash ham Xalq ta’limi tizimini rivojlantirish haqida”gi Qonun qabul qilindi, maktabni ishlab chiqarish bilan bog`lashga alohida diqqat qaratildi. Ushbu yillari “O`qituvchilarning malakasini oshirish instituti”ga taniqli jamoaviy arbob , milliy madaniyatimizning fidoyisi Atag`ulla Xudaybergenov 1960-1964-yillarda rahbarlik qildi. U o`qituvchilarning malakasini oshirishning asosiy maqsadi hamda barcha fanlar bo`yicha o`qituvchilarning kasb mahoratini oshirish zarurligidan institut jamoati o`qituvchilarga har taraflama nazariy va amaliy ta’lim berishning samarali yo`llarini izlaydi. Bu masalalar 1964-yili institutga rahbar bo`lgan tarix fanlari doktori Qitaybek Saribayevning, 1964-1977-yillari institut rahbari lavozimida ishlagan Utepbergen Atamuratovning diqqat markazida bo`lib, o`z vaqtida ijobiy yechim topdi. Bu insonlar Toshkent shahridagi O`qituvchilarning malakasini oshirish Markaziy instituti bilan yaxshi aloqani kuchaytirib, fan o`qituvchilarning Toshkent shahridagi guruhlarga rejada ko`rsatilgan muddatlarda to`liq qatnashtirishga harakat qildi. 1981-1988-yillari O`qituvchilarning malakasini oshirish institutiga atoqli jamoat arbobi, ta’lim tizimi fidoyisi Jolimbet Seytniyazov rahbar bo`lib tayinlandi. U Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri lavozimida 20 yildan ortiq faoliyat yuritgan. U ishlagan davrda pedagoglarning malakasini oshirishga, institutning yuqori bilimga ega mutaxasislar bilan ta’minlashga o`z hissasini qo`shdi, xalq ta’limi tizimidagi rahbar xodimlarning, o`qituvchi va tarbiyachilarning o`z vazifalariga javobgarlik bilan qarashga, ularni institut bilan birga ishlashga e’tibor qaratdi. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog`iston Respublikasi maktabgacha, maktabdan tashqari hamda umumiy o`rta ta’lim maktablari bilan maktab-internatlarida ishlovchi pedagog-kadrlarning kasb mahorati bilan o`qituvchilik faoliyatini orttirish, ularni zamon talabiga mos qayta tayyorlashda K.Ubaydullayev nomidagi Respublika o`qituvchilarining malakasini oshirish institutining o`rni ahamyatli bo`ldi. Shu paytlari institut rahbari lavozimlarida Jollibay Allayarov (1988-1990), Jumabay Xojamuratov (1990-1996), Tamara Utambetova (1996-2001), Murat Otepbergenov (2001-2009), Tatlimurat Atamuratov (2009-2018)larning xizmatlarini alohida hurmat bilan tilga olamiz. Ular birinchi navbatda institutda ishlagan barcha pedagoglarning davr talabiga mos yangi bilimlar bilan o`zlarining mutaxasisligini oshirishga katta e’tibor qaratdi. Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2001-yil 20-avgustdagi 185-sonli buyrug`i bilan institut K.Ubaydullayev nomidagi Respublika pedagoglarini qayta tayyorlash va mutaxasisligini orttirish institut deb nomlanadigan bo`ldi. 2001-yili psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Marat Otepbergenov institut rektori lavozimiga tayinlandi. 2001-yilgacha Institutda 5 kafedra hamda bir necha fan xonalari faoliyat yuritgan bo`lsa, shu yildan boshlab barcha xonalar kafedraga aylantirilib, institutda 6 kafedra bilan 7 bo`lim ish olib boradigan bo`ldi. Har bir kafedra rahbar lavozimiga ilmiy darajasi bor mutaxasislar tanlov asosida ishga qabul qilindi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 26-sentyabrdagi “Pedagog kadrlarni tayyorlash, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risi” dagi 3289-sonli Qaroriga asoslanib, oliy o`quv yurtlari bilan birga ishlashni yanada oshirish maqsadida institut Nukus davlat pedagogika instituti yonidagi Qoraqalpog`iston Respublikasi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini orttirish milliy markaziga aylantirildi. 2018-yildan boshlab filologiya fanlari nomzodi Dilanov Bekmurza Gulimbetovich rahbar lavozimiga tayinlandi va bugungi kungacha jamoani boshqarib kelmoqda. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentyabrdagi “Xalq ta’limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 5538-sonli Farmoni asosida 2018-yilning 1-noyabr sanasidan boshlab xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish milliy markazi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining tarkibiga qaytarilib, Qoraqalpog`iston Respublikasi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish milliy markazi deb qayta nomlandi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda xalq ta’limini rivojlantirish milliy dasturni tasdiqlash to`g`risida”gi PF-134-sonli Farmoniga muvofiq, Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish milliy markazi pedagoglarni yangi metodikalarga o`rgatish milliy markaziga aylantirildi. Qisqacha nomi Pedagogika markazi deb nomlanadi. Bugungi kunda Pedagogika markazda 6 kafedra, 9-bo`lim ish olib bormoqda. Unda 45 professor o`qituvchi faoliyat yuritib, shulardan 1 fan doktori, 12 (PhD) hamda fan nomzodlari bor bo`lib, ilmiy potensiyal o`rtacha, 28, 9 % ga teng. Pedagogika markazning ilmiy potensiyalini yanada ko`tarish maqsadida professor-o`qituvchilarning ilmiy tadqiqot ishlar bilan shug`ullanmoqda. Asosiy shtatlardan 3 professor-o`qituvchi doktorlik dissertatsiyasi (DSc), 9 professor o`qituvchi filosofiya fanlari (PhD) doktori ilmiy darajasini olish uchun ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.