Click to listen highlighted text!

🎭 SAHNADAGI HAYOTIY HAQIQATLAR

12.11.2026 12:19:05 12 Баспаға шығарыў

“TUBSIZ TERANLIK”— inson qalbining eng nozik torlarini çertgan, xalqaro e’tirofga sazovor bölgan sahna asari. 2026-yil 11-noyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi tinglovçilari uçun «Tubsiz teranlik» dramasi namoyiş etildi. Rahimjon Ötarboyevning «Giyohvand» asari asosida K.Abibullayev tomonidan qayta işlangan, sahnalaştiruvçi rejissyor M.Reymov tomonidan sahnaga olib çiqilgan uşbu spektakl tomoşabinlarda katta taassurot qoldirdi. Sahnada tasvirlangan har bir obraz, aktyorlarning samimiy va mahorat bilan ijro etişi, voqealarning ta’sirçan talqini tomoşabinlarni asar voqealarining tagiga yetakladi. Spektaklda aks etgan insonparvarlik manzaralari, hayot sinovlari va qalb iztiroblari tomoşabinlarni teran fikrlaşga undadi. Ayniqsa, ayrim sahnalarning ta’sir kuçi şu qadar kuçli böldiki, tinglovçilar köz yoşlarini tiyib turolmadi. Teatr insonni nafaqat tomoşa bilan, balki qalbga muhrlanadigan tuyğular, hayotiy saboqlar va teran öylar bilan boyitadi. U insonni öziga, atrofdagilarga va hayotga boşqaça köz bilan qaraşga çaqiradi. Ma’lumot uçun: «Tubsiz teranlik» dramasi 2026-yil 12–16-oktabr kunlari Qozoğiston Respublikasining Atirau viloyatida bölib ötgan Rahimjon Otarboyev nomidagi III Xalqaro teatrlar festivalida iştirok etib, faxrli I örinni qölga kiritgan.

Back To Top
Click to listen highlighted text!