Click to listen highlighted text!

OZARBAYJON TAJRIBASI: TA’LIMIDA ZAMONAVIY YONDAŞUVLAR

13.11.2026 17:15:59 13 Баспаға шығарыў

Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Fanlarni rivojlantiriş bölimi tomonidan geografiya fani öqituvçilarining kasbiy bilim va könikmalarini takomillaştiriş, fanni öqitişda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalaniş maqsadida geografiya fani böyiça malaka oşiriş kursi tinglovçilari uçun «Ozarbayjon tajribasi asosida geografiya ta’limidagi zamonaviy yondaşuvlar» mavzusida mahorat darsi taşkil etildi. Mahorat darsini Ozarbayjon Respublikasida xalqaro malaka oşiriş dasturida iştirok etib qaytgan Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi dotsenti G. Jiemuratova olib bordi. Dars davomida tinglovçilarga Ozarbayjon ta’lim tizimida geografiya fanini öqitiş böyiça ilğor tajribalar, zamonaviy pedagogik yondaşuvlar va öquvçilarning geografik bilimlarini rivojlantirişga qaratilgan samarali metodlar haqida ma’lumotlar berildi. Mahorat darsida Ozarbayjon va Özbekiston geografiya darsliklarining mazmuni qiyosiy tarzda tahlil qilindi. Xususan, darsliklardagi mavzularning yoritilişi, geografik xaritalar, sxemalar, diagrammalar va körgazmali materiallardan foydalaniş xususiyatlari, nazariy bilimlarni amaliy maşğulotlar bilan boğlaş usullari muhokama qilindi. Şuningdek, interfaol metodlar va guruhli topşiriqlar asosida tinglovçilar özaro fikr almaşib, ikki mamlakat geografiya darsliklaridagi öxşaş va farqli jihatlarni örgandi. Xalqaro tajribalarni milliy ta’lim jarayoniga tatbiq etiş va ulardan pedagogik amaliyotda samarali foydalaniş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!