Click to listen highlighted text!

“ZÖRAVONLIKKA QARŞI MA’RIFAT” LOYIHASI DOIRASIDA SEMINAR-TRENING ÖTKAZILDI

18.11.2026 17:06:29 41 Баспаға шығарыў

Poytaxtimizdagi 37-sonli umumiy örta ta’lim maktabida Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri, professor Marat Utepbergenov rahbarligida davlat granti asosida amalga oşirilayotgan “Zöravonlikka qarşi ma’rifat” loyihasi doirasida öquvçi-yoşlar iştirokida seminar-trening taşkil etildi. Tadbirda loyiha rahbari, professor Marat Utepbergenov iştirok etib, loyihaning asosiy maqsadi, vazifalari va uning dolzarb ahamiyati haqida söz yuritdi. Şuningdek, öquvçi-yoşlarga mavzu yuzasidan zarur tuşunça va tavsiyalar berdi. Seminar-trening davomida yuqori sinf öquvçilariga jinsiy tarbiya va reproduktiv salomatlik, erta va majburiy nikohning oldini oliş, zöravonlikning turli körinişlari, jumladan, iqtisodiy hamda psixologik tazyiqning salbiy oqibatlari haqida batafsil tuşunçalar berildi. Şuningdek, yoşlarning huquqiy savodxonligini oşiriş, öz huquqlarini biliş va himoya qiliş, zöravonlik holatlariga nisbatan murosasiz munosabatni şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar-trening davomida özaro fikr-mulohazalar almaşinib, iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassisdan javob oldilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!