Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi tomonidan 18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilingan kun munosabati bilan “Bayroğimiz — faxrimiz” mavzusida bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbirning asosiy maqsadi tinglovçilar va pedagoglar orasida davlat ramzlariga bölgan hurmat va ehtiromni oşiriş, milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini çuqur anglatiş, Vatanga sadoqat, milliy ğurur va faxr tuyğularini mustahkamlaşdan iborat böldi. Tadbir davomida kafedra mudiri Rauaj Bauetdinov sözga çiqib, Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining yaratiliş tarixi, undagi ranglar va ramzlarning mazmun-mohiyati, şuningdek, bayroğimizning mamlakatimiz mustaqilligi, milliy özligimiz va xalqimiz birligining timsoli sifatidagi ahamiyati haqida tinglovçilarga batafsil ma’lumot berdi. Şuningdek, bayroq — xalqimizning ğururi, şa’ni va iftixori ekanligi, uni hurmat qiliş har bir fuqaroning muqaddas burçi ekani alohida ta’kidlandi. 









