Click to listen highlighted text!

KORRUPSIYAGA QARŞI KURAŞ — PORLOQ KELAJAGIMIZ ASOSI

19.11.2026 16:36:09 32 Баспаға шығарыў

Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ta’lim tizimida korrupsiyaning oldini oliş, qonuniylik, adolat va şaffoflik tamoyillarini mustahkamlaşga qaratilgan “Korrupsiyaga qarşi kuraş — porloq kelajagimiz asosi” mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Tadbir davomida korrupsiyaning mazmun-mohiyati, uning jamiyat va ta’lim tizimi rivojiga salbiy ta’siri, şuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olişning huquqiy asoslari haqida batafsil ma’lumot berildi. Markazning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi öqituvçilari hamda markaz yuriskonsulti Baxtiyar Saypov tomonidan tinglovçilarga korrupsiyaga qarşi kuraşiş, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, xizmat vakolatlaridan şaxsiy manfaatlar yölida foydalanişning huquqiy oqibatlari yuzasidan tuşuntirişlar berildi. Şuningdek, pedagog xodimlar va tinglovçilarning huquqiy savodxonligini oşiriş, kasbiy halollik va şaxsiy mas’uliyatni mustahkamlaş, ta’lim jarayonida qonuniylik, adolat va şaffoflikni ta’minlaş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Tadbir yakunida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olib, mavzu yuzasidan fikr va mulohazalarini bildirdilar.

Back To Top
Click to listen highlighted text!