Click to listen highlighted text!

ILM-FAN TARAQQIYOTIGA BAĞIŞLANGAN UMR

19.11.2026 17:16:04 27 Баспаға шығарыў

2026 yil 19-noyabr kuni Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida buyuk olima, ikki karra Nobel mukofoti sovrindori Mariya Sklodovskaya-Kyuri tavalludining 159 yilligi munosabati bilan «Ilmga bağişlangan umr» mavzusida tadbir ötkazildi.

Tadbirda markazning Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi mudiri, dotsent G. Allaxova, fizika fani katta öqituvçilari J. Jamalova va P. Daryabayeva hamda fizika fani böyiça malaka oşiriş kursi tinglovçilari iştirok etdi.
Tadbir davomida iştirokçilarga Mariya Sklodovskaya-Kyurining hayot yöli, ilmiy faoliyati, fizika va kimyo fanlari rivojiga qöşgan ulkan hissasi haqida batafsil ma’lumot berildi.
Mariya Sklodovskaya-Kyuri (1867–1934) tarixda ikki marta Nobel mukofotiga sazovor bölgan ilk va yagona ayol olima sifatida e’tirof etiladi. Uning ilmiy izlanişlari natijasida poloniy va radiy kimyoviy elementlari kaşf etilgan. Şuningdek, «radioaktivlik» atamasi ilm-fanga kiritilib, radioaktivlik hodisasining fizik va kimyoviy xususiyatlari çuqur örganilgan. Olimaning tadqiqotlari tibbiyotda nur terapiyasining dastlabki asoslari yaratilişiga ham xizmat qilgan.
Tadbirda buyuk olimaning ilm-fanga sadoqati, tinimsiz izlanişlari va qat’iyati bugungi avlod uçun ham ibrat maktabi ekanligi alohida ta’kidlandi.

 

Back To Top
Click to listen highlighted text!