Uch ming yildan ziyod o‘z tarixiga ega Navro‘z bayrami xalqimizning eng ulug‘ bayramlaridan biri bo‘lib, bu kunni azaldan ajdodlarimiz yangi yilning boshi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda kutib olganlar. Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lash!» shiori ostida bayram tadbiri o‘tkazildi. Bayram tadbirida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi direktori Guliston Kojabayeva ishtirokchilarni yil boshi hisoblangan Navro‘z bilan samimiy tabriklab, joriy yil xalqimiz uchun yaxshi va barakali yil bo‘lib kelishini tiladi. Umumxalq sayliga aylangan Navro‘z bayramida tinglovchilar tomonidan milliy taomlar va buyumlar ko‘rgazmasi, ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan an’analarimizni aks ettiruvchi urf-odat va an’analarimiz namoyish etildi. O‘zlarining eng yaxshi san’atlarini namoyish etgan kafedralar va tinglovchilarga Pedagogik mahorat markazi jamoasi tomonidan munosib rag‘batlantirildi. Bayram tadbirida xalqimizning milliy sport turlaridan hisoblangan tosh ko‘tarish, arqon tortish, musobaqalar o‘tkazilib, g‘olib bo‘lgan sportchilar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Navro‘z sayli tinglovchilar tomonidan tayyorlangan qiziqarli konsert dasturi bilan ko‘tarinki ruhda davom etdi.








