#AmaliySeminar
E.A.S.E. modeli asosida samarali fikr-mulohaza berish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida metodistlar uchun xalqaro ekspert Albert De La Peña ishtirokida “Kuzatishdan ta’sirgacha: E.A.S.E. orqali fikr-mulohazalarni kuchaytirish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilmoqda.
Seminarning maqsadi:
Metodistlarning kasbiy salohiyatini oshirish, ularning kuzatuv asosida samarali va tizimli fikr-mulohaza berish ko‘nikmalarini rivojlantirish.
Seminar davomida ishtirokchilarga E.A.S.E. (Evidence–Action–Support–Engagement) modeli asosida dalillarga tayanilgan hamda aniq harakatlarga yo‘naltirilgan fikr-mulohazalarni shakllantirish usullari tushuntirildi.



