Click to listen highlighted text!

#EDUTALK_WEEKLY Pedagogik mahorat markazida amaliy seminar tashkil etildi

27.04.2026 16:01:07 29 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilarning kasbiy kompetentligini oshirish va metodik salohiyatini mustahkamlash maqsadida navbatdagi amaliy seminar tashkil etildi. Bu seminar «Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikalari» kafedrasi dotsenti G.Yusupova tomonidan «O‘quvchilarga axborotli matnlarni o‘tkazishda «PASPORT yaratish» metodidan samarali foydalanish» mavzusida olib borildi. Seminarda markaz direktori Gulistan Kojabaeva ishtirok etib, ta’lim sifatini oshirishda zamonaviy pedagogik texnologiyalar va innovatsion metodlardan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi. Seminar davomida bu metod bo‘yicha quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:  ishtirokchilarda o‘rganilgan bilimlarni tizimlashtirish va umumlashtirish;  muhim bilimlarni ajratib olish ko‘nikmalarini rivojlantirish;  hamkorlikda ishlash, kreativ va tanqidiy fikrlash kompetensiyalarini shakllantirish. Tadbir interaktiv tarzda tashkil etilib, ishtirokchilar uchun amaliy jihatdan foydali bo‘ldi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!