Click to listen highlighted text!

Kibermadaniyatni rivojlantirish – muhim vazifa

29.04.2026 15:54:21 13 Баспаға шығарыў

So‘nggi yillarda mamlakatimizda raqamli texnologiyalar jadal rivojlanib, fuqarolarning internetdan foydalanish imkoniyatlari kengayib bormoqda. Bu esa shaxsiy ma’lumotlar va bank karta xavfsizligini ta’minlashda yuqori mas’uliyatni talab etadi.

Sababi, ko‘plab fuqarolarimiz, internet firibgarlarining yolg‘on aldovlariga uchrab, bilib-bilmay shaxsiy va bank karta ma’lumotlarini berishi natijasida, moddiy va ma’naviy zarar ko‘rayotganligi kuzatilmoqda. Aholidan kelib tushgan murojaatlar bank kartalari bilan bog‘liq o‘g‘rilik va firibgarlik holatlari kundan-kunga ko‘payib borayotganini ko‘rsatmoqda.

Pedagogik mahorat markazida kiberxavfsizlikka bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Joldasbay Dalibayev tomonidan zamonaviy kibertahdidlar, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!