Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro ekspert Albert De La Peña ishtirokida “Ta’limda raqamli texnologiyalar” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminar davomida tinglovchilarga: ✍️raqamli texnologiyalarni dars jarayoniga samarali integratsiya qilish, ✍️interfaol metodlar orqali o‘quvchilar faolligini oshirish, ✍️zamonaviy baholash yondashuvlaridan foydalanish bo‘yicha zarur bilim va ko‘nikmalar berildi.
Amaliy mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilar zamonaviy raqamli vositalar bilan ishlash malakasini mustahkamlab, o‘quvchiga yo‘naltirilgan dars loyihalarini ishlab chiqish bo‘yicha tajriba orttirdilar.




