Click to listen highlighted text!

«Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi va unga qarshi kurashishda huquqiy immunitetni shakllantirish» mavzusida ochiq dars tashkil etildi

20.05.2026 18:10:27 11 Баспаға шығарыў

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi «Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-207-sonli Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi dotsenti S.Usenov tomonidan boshlangʻich ta’lim kursi tinglovchilari uchun «Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi va unga qarshi kurashishda huquqiy immunitetni shakllantirish» mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Ochiq darsda markaz direktori Gulistan Kojabaeva va direktor o‘rinbosarlari, markaz professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi. Ochiq darsning asosiy maqsadi: tinglovchilarda giyohvandlik vositalarining salbiy oqibatlari haqida huquqiy bilim va ongni mustahkamlash, yoshlarda ushbu illatga qarshi mustahkam huquqiy immunitetni shakllantirishdan iborat. Dars davomida:  giyohvandlikning inson salomatligiga keltiradigan zarari;  uning jamiyat va oila barqarorligiga salbiy ta’siri; jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi;  giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasi uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Ochiq dars yakunida ta’lim muassasalari va mahallalarda giyohvandlikning salbiy oqibatlari, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va huquqiy profilaktik ishlarini davom ettirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!