⚡Xabaringiz bor, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi mutaxassislari xalqaro hamkorlik doirasida Fransiyaning Nitsa shahrida tashkil etilgan navbatdagi malaka oshirish dasturida ishtirok etmoqda. Mazkur dasturda markazning “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi Aygul Berdimuratova hamda Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi Joldasbay Dalibaev qatnashmoqda. 17–26-may kunlari davom etayotgan malaka oshirish dasturi doirasida ishtirokchilar auditoriya mashg‘ulotlari va amaliy-sayohatli darslarda qatnashmoqda.
Darslarda:
✍️ sinfni samarali boshqarish;
✍️ o‘quvchilarning diqqatini darsga jamlash;
✍️ dars mazmunini qiziqarli va interaktiv tashkil etish;
✍️ innovatsion metodlarni samarali qo‘llash;
✍️ sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga integratsiya qilish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, Fransiyadagi Frankofoniya markazi bilan hamkorlikda “Millatlararo totuvlik” mavzusida madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.










