Click to listen highlighted text!

Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, muhtaram Prezident!

24.07.2026 09:39:22 10 Баспаға шығарыў

#BizningPrezident Bugun — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tavallud topgan kun. Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida ta’lim tizimini takomillashtirish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish va zamonaviy imkoniyatlar yaratish, sohani har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi, xususan, pedagoglarni uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning mehnatini qadrlash, yosh avlodning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan tashabbuslari mamlakatimiz kelajagiga qaratilgan muhim qadamlar sifatida e’tirof etiladi. Hurmatli Prezidentimizni bugungi tavallud ayyomi bilan samimiy muborakbod etamiz! Mustahkam sog‘liq, uzoq umr tilaymiz. Yangi O‘zbekistonni barpo etish, yosh avlodga sifatli ta’lim berish, mamlakatimiz taraqqiyoti hamda xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!

Back To Top
Click to listen highlighted text!