“Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda.
Forum doirasida malakali mutaxassislar tomonidan:
🔹Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish: innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlar. 🔹Qo‘shimcha ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi: erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar, 🔹Xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni tashkil etish tartibi: mas’ullar vazifalari, me’yoriy talablar va amaliy tavsiyalar, 🔹Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritib kelayotgan loyihalar, 🔹Axborot xizmati faoliyatida media monitoring, 🔹Davlat tilini o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasi, me’yoriy-huquqiy asoslari, 🔹Yangi avlod darsliklari va zamonaviy o‘qitish metodikasi asosida samarali ta’lim muhitini yaratish, 🔹Kasbiy rivojlanish — ta’lim sifati kafolati: yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar va kutilayotgan natijalar. 🔹Pedagogik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning raqamli ekotizimi kabi mavzularda mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda. ⏰ Jarayonlar davom etmoqda.















