Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi metodistlari Z. Bagdiyarova va T. Mambetova tomonidan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari uchun navbatdagi onlayn vebinar tashkil etildi. Vebinar davomida ta’lim sifatini oshirish, pedagogik mahoratni rivojlantirish, zamonaviy ta’lim metodlaridan samarali foydalanish hamda o‘quvchilarda tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalari muhokama qilindi. «Fanni o‘qitishda muhim savollar orqali anglashning 6 ta jihati» mavzusida o‘quvchilarning mavzuni chuqur anglashiga erishish, savollar orqali tahlil qilish, mustaqil fikrlash va xulosa chiqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish usullari yoritildi. «Fanni o‘rganishda ilmiy tadqiqot metodlaridan foydalanish» mavzusida dars jarayonida ilmiy-tadqiqot metodlari, izlanish, kuzatish va tahlil qilish yondashuvlaridan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Shuningdek, ishtirokchilarga zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion metodlar va interfaol yondashuvlar bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi. 




