Click to listen highlighted text!

Pedagoglar uchun zamonaviy metodik ko‘mak — endi yagona platformada!

28.08.2026 13:10:21 2 Баспаға шығарыў

🆕 YANGILIK #METODKON #Metodik_xizmat   Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi tomonidan pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, ularga metodik jihatdan ko‘mak berish maqsadida Metodist-consalting — «METODKON» platformasi ishga tushirilmoqda. «METODKON» orqali pedagoglar o‘z kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan metodik materiallar, foydali ma’lumotlar va testlardan foydalanishlari mumkin. 📌 Platformaning pedagoglar uchun eng muhim bo‘limlari: «Yangiliklar» — seminarlar, brifinglar, tanlovlar, raqamli texnologiyalar va metodik yangiliklar; «Maqolalar» — ta’lim va metodikaga oid foydali hamda amaliy materiallar; «Mutaxassislik testlari» — kasbiy bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash hamda baholash; «KRK, KRS hamda MMK, MMS testlari» — bilim va ko‘nikmalarni sinovdan o‘tkazish imkoniyati; «Bizga yozing» — savol, taklif va murojaatlarni yuborish imkoniyati. Ayni vaqtda platformada test rejimida ma’lumotlarni joylashtirish va tizimni takomillashtirish ishlari olib borilmoqda. 📲 «METODKON» platformasidan mobil telefon va kompyuter qurilmalari orqali foydalanish mumkin. 🌐 Platformaga quyidagi havola orqali kirish mumkin: https://metodkon.blogspot.com/

Back To Top
Click to listen highlighted text!