Qoraqalpoğiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining Maktabgaça, boşlanğiç va maxsus ta’lim metodikalari kafedrasi tomonidan “ÖZBEK TILI — MILLAT RUHI, QALBIMIZ ĞURURI!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir taşkil etildi. Tadbir davomida ona tilining milliy özlikni anglaş, xalqning ma’naviy merosi va qadriyatlarini asrab-avaylaş hamda yoş avlodni milliy ruhda tarbiyalaşdagi beqiyos örni haqida söz yuritildi. Şuningdek, tinglovçilar tomonidan tayyorlangan qöşiqlar, raqslar, viktorinalar va badiiy çiqişlardan iborat adabiy-badiiy kompozitsiya namoyiş etildi. Ijodiy çiqişlar orqali ona tiliga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ma’naviy merosga sadoqat tuyğulari tarannum etildi.












