Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan «Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili»ga start berildi Sian shahridagi Tan sulolasi bog‘ida “Markaziy Osiyo – Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etayotgan davlatlar rahbarlarini rasman kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Xitoy tarixi va madaniyatini aks ettirgan sahnalashtirilgan chiqishlar va konsert dasturi namoyish etildi. Shu bilan O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bo‘lgan “Markaziy Osiyo va Xitoy xalqlari madaniyati va san’ati yili”ga start berildi.