Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida xalqaro (onlayn/offlayn) ilmiy -amaliy konferensiya bo’lib o’tdi  

25.05.2023 10:04:52 156 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida “Yangi metodikalar : zamonaviy pedagoglarning kasbiy va  shaxsiy  rivojlanishining kafolati” nomli xalqaro (onlayn/offlayn) ilmiy -amaliy konferensiya bo’lib o’tdi

           O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo’llagan murojaatida 2023-yilga xalqimizda «Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili» deb nom  berdi va “Ta’lim  sifatini oshirish Yangi O’zbekistonni rivojlantirishning birdan-bir to‘g‘ri  yo’lidir deb aytib o’tdi. Ma’rifatchi jadid ajdodlarimizning «Najot  – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda». Sababi, barcha xayrli maqsadlarga bilim va tarbiya orqali erishiladi ” degan fikrini keltirib, haqiqatan ham, bu fikrlarning bugungi globallashuv jarayonida eng bir dolzarb mavzulardan biri ekanligiga yana bir bor guvoh bo‘lamiz.

        Maktablarda ertanggi kelajagimiz bo’lgan yosh avlodlarimiz tarbiyalanmoqda. Bu davrni uchinchi Renessans bilan tenglashtirib, mamlakatimiz rahbari “Uchinchi Renessans-maktab bo’sag’asidan boshlanadi” degan edilar. Bu bildirilgan fikr maktab o’qituvchilarini kasbiy tomonlama rivojlantirishga alohida mas‘ul bo’lish kerakligini ko’rsatmoqda.  O’qituvchilarning maqomini, ularning obro’yini va qadr-qimmatini ximoya qilish masalasining Konstitutsiyada alohida  belgilanishi  muhim ishlardan biri bo’ldi deb aytish mumkin.  Bu me’yor pedagoglarning obro‘yi va qadr-qimmatining kamsitilishiga, ularning mehnatga majburlanishiga, ta’lim -tarbiya jarayoniga to’sqinlik etishning har qanday shakllariga, o’qituvchilarning huquqlarining buzilishiga yo’l qo’ymaslik bo’yicha qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlarni ko’rishga xizmat qiladi, o’qituvchilarning obro‘yini oshirish, qadr-qimmatini ximoya qilish, ularning ijtimoiy va madaniy tinchligini ta’minlash kabi vazifalarning Konstitutsiyada belgilab qo’yilishi farzandlarimizning sifatli va zamonaviy bilim olishiga, kelajakda farovon yashashiga xizmat etadi deb ishonch bilan aytishimiz mumkin.  Shu jumladan, o’qituvchilarni kasbiy tomondan rivojlantirish davr talabi hisoblanib, bu borada bugungi kunda bir qator normativ -huquqiy hujjatlar qabul qilingan.  

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022-2026-yillarda aholi ta‘limini rivojlantirish bo’yicha milliy yo’nalishni  tasdiqlash haqida”gi PP-134-sonli Farmoniga ko‘ra  ta’lim  xodimlarini qayta tayyorlash va ularning mutaxassisligini oshirish hududiy markazlari pedagoglarni yangi metodlarga o’rgatish milliy markazlariga aylantirildi, bu idoralarning funksional vazifalariga bir qator qo’shimcha  o’zgartirishlar kiritildi. Farmon asosida maxsus hukumat qarori qabul qilinib maktab o’qituvchilarini rag’batlantirishning yangi mexanizmlari ishlab chiqildi.  Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazi jamoasi ham bu bildirilgan ishonch, mas’uliyatni teran his qilgan holda o’z faoliyatida davom etmoqda.  Yuqorida keltirib o’tilgan Farmon va pedagogik markazning yillik ish-rejasiga muvofiq, bugun 24-may kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagoglarni yangi metodikalarga o’rgatish milliy markazida “Yangi metodikalar : zamonaviy pedagoglarning kasbiy va shaxsiy taraqqiyotiniing kafolati” nomli xalqaro  (onlayn/offlayn) ilmiy -amaliy  konferensiya bo’lib o’tdi.

        Konferensiyaga Pedagogik markaz professor o’qituvchilari o’zlarining maqola tezislari bilan Rossiya Federatsiyasi, Belorussiya, Ukraina, Qozoqiston Respublikalaridan professorlar, ilmiy jamoatchilik vakillari, maktab o’quvchilari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.  Konferensiyani Pedagogik markaz direktori, tilshunoslik fanlarining kanditati B. Dilanov kirish so’z bilan ochib, ushbu konferensiya qatnashuvchi chet el mamlakatlari orasidagi ilmiy aloqalarni yanada kuchaytirishga xizmat etishini aytib o’tdi.  Konferensiyaga Respublikamizdagi barcha ta’lim turlariga tegishli idoralardan, shu jumladan, chet  davlatlardan ham maqola tezislar topshirilib, ularning soni jami 200 dan oshiqni tashkil etadi.  Alohida ta’kidlashlik zarurki, shulardan, 20 dan oshiq maqola tezislar chet ellik mutaxassislardan, 50 dan oshiq maqola tezislari umumiy o’rta ta’lim maktablaridagi o’qituvchilardan kelib tushgan. Bu maqolalar konferensiyaning ilmiy -amaliy ahamiyatining yuqori ekanligini ko’rsatadi.  Konferensiyaning asosiy maqsadi -pedagogika ilmiy yo’nalishi bilan aloqador bo’lib, u yerda pedagoglarni kasbiy va shaxsiy rivojlantirish, shu jumladan, respublikamizda ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlar bo’yicha o’zaro fikr almashish, yosh olim, magistrant, doktorant va ilmiy tadqiqotchilarning ilmiy-tadqiqot ishlarining sifati va samaradorligini oshirish, respublika yosh olimlarining tajribalarini o’rganish masalalarini muhokama hamda avvalgi texnologiyalardan foydalanish bo’yicha tavsiyalar to‘plamini yaratishdan iborat.  Konferensiyaning ahamiyati – Pedagogika, psixologiya va metodika sohalaridagi to’plangan milliy va xalqaro tajribalarni o’rganish, tahlil qilish va o’zaro uyg’unlashtirish orqali  ta’lim sifatini yanada yangi bosqichga ko’tarish va oshirishdan iborat.

                                                                   

           Bu borada birgalikda ishlash harakatlari yaxshi yo’lga qo’yilib, maktab o’qituvchilari yangi metodikalar bilan qurollantirildi. Konferentsiyada quyidagi yo‘nalishlar bo’yicha faoliyat yuritish rejalashtirilgan :  1-yo’nalish. Pedagogika va metodika sohasidagi so’nggi yangiliklar, xalqaro tajribalar 2-yo’nalish. O’quv-tarbiyaviy jarayonni samarali tashkil etishning zamonaviy shakllari 3-yo’nalish. O’quv-tarbiyaviy jarayonda raqamli texnologiyalardan foydalanish masalalari 4- yo’nalish.Maktab o’qituvchilarining o’quv jarayoniga qiziqishini qo’llab-quvvatlash va shaxsiy intellektual rivojlanishini ta’minlash masalalari 5- yo’nalish.Yangi metodikalarni joriy etish pedagoglarning  kasbiy rivojlanishining asosiy omili  Yo‘nalishlarga qabul qilingan maqola tezislari maxsus ishchi guruh tomonidan ko’rib chiqildi va o‘rganildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!