Click to listen highlighted text!

MAKTABLARDA YANGI BAHOLASH TIZIMI JORIY QILINMOQDA

13.09.2024 11:11:51 62 Баспаға шығарыў

Joriy yilning 9-sentyabr sanasidan boshlab Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maxsus reja-grafigi asosida vazirlikning Ta’lim sifati monitoringini tashkil etish bo‘limi, Respublika ta’lim markazi va Pedagogik mahorat markazi metodistlari 2024-2025 o‘quv yilida yangi baholash tizimiga o‘tkazilgan jami 44 ta umumta’lim maktabiga amaliy yordam bermoqda.


Seminarda maktab rahbarlari va o‘qituvchilariga yangi baholash tizimini joriy etish tartibi batafsil tushuntirilib, qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berildi hamda e.maktab.uz elektron platformasida qanday ish olib borish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Tadbir 14-sentyabrga qadar davom etadi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!