Click to listen highlighted text!

Uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimidagi huquqiy-normativ hujjatlar mazmuni haqida tushuncha berildi

17.10.2024 14:32:14 65 Баспаға шығарыў

 Qoraqalpog’iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi majlislar zalida maktabgacha va maktab ta’limi xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida olib borilayotgan islohotlar bilan tanishtirish maqsadida tadbir o’tkazildi.
Tadbirda professor- o’qituvchilar va 14-19-oktyabr kunlari oralig’idagi uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursi tinglovchilari qatnashdi.
Tadbir davomida Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o’qituvchisi T.Ganiev O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi «Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini tashkil qilish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlari haqqida» gi 231-sonli qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida, Metodik xizmat ko’rsatish bo’limi metodisti J.Utepbergenov va R.Akimniyazova O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2024-yil 7-avgustdagi «Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o’qituvchilari uchun «Kasbiy rivojlanish soati» tadbirlarini bosqichma- bosqich joriy etish haqida» gi 246-sonli buyrug’i, unda belgilangan vazifalar haqida tushunchalar berdi. Qatnashchilar yangi huquqiy-normativ hujjatlarda qabul qilingan o’zgarishlar bo’yicha o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!