️Bugun Pedagogik mahorat markazida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga «Kasbiy rivojlanish kuni – KRS» va «Kasbiy rivojlanish soati – KRS» tadbirlarini kaskad usulida tashkil etish bo‘yicha master trenerlarni tayyorlash qisqa muddatli o‘quv kursi davom etmoqda.
️Seminarga ZOOM platformasi orqali Pedagogik mahorat markazida, Beruniy tumani 1-maktabda, Qo‘ng‘irot tumani 35-sonli maktabda tashkil etilgan studiyalarda boshlang‘ich sinf yo‘nalishi bo‘yicha 29 mentor o‘qituvchilar ishtirok etmoqda.