Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining 2024 yil 7 avgustdagi 246-son buyrugʻiga asosan “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlarining birinchi bosqichi aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida davom etmoqda.
Ayni paytda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida, Beruniy tumani 1 sonli maktabda, Qong’irot tumani 35 sonli maktabda aniq va tabiiy fanlar yoʻnalishida tashkil etilgan navbatdagi o’quv-treninglarda 4 nafar master-trener va 29 nafar mentor-oʻqituvchilar ishtirok etmoqda.