O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2025-yil 31-yanvardagi 34-sonli buyrug‘iga asosan boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida kasbiy rivojlanish tadbirlari sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida boshlang‘ich ta’lim mentor o‘qituvchilar uchun pedagogik mahorat markazida seminar trening bo‘lib o‘tdi. Seminar treningda boshlang‘ich ta’lim master treneri N.Artikbayeva tomonidan 1-modul «Bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim» bo‘yicha keng ma’lumotlar berildi. Unda bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim tamoyillari, bola shaxsiga yo‘naltirilgan ta’lim afzalliklari va strategiyalari ya’ni «Tadqiqotga asoslangan ta’lim,» «Loyihaga asoslangan ta’lim,» «O‘rganish punktlari» bo‘yicha tushunchalar berilib ushbu mavzu doirasida amaliy mashg‘ulotlar qilinib, metodik yordamlar ko‘rsatildi. Ma’lumot uchun: Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha 19 tayanch maktabdan 29 boshlang‘ich ta’lim mentor o‘qituvchilari ishtirok etdi.