O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI PEDAGOGIK MAHORAT MARKAZI
“YUKSAK CHO‘QQILAR: TA’LIMDA IZLANUVCHANLIK VA IJODKORLIK”
MAVZUSIDA O‘TKAZILADIGAN RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN
AXBOROT XATI
Nukus shahridagi Pedagogik mahorat markazi 2025-yil 16-may kuni “Yuksak cho‘qqilar: ta’limda izlanuvchanlik va ijodkorlik” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman tashkil etilishini ma’lum qilgan holda unda ishtirok etishga taklif qiladi.
Anjuman maqsadi: o‘zaro tajriba almashish, zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, XXI asr ta’lim jarayoniga yangicha yondashuvlar, shuningdek, pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik darajasi, kompetentligi va mahoratini takomillashtirish kabi ta’limiy masalalarni ilmiy-metodik tahlil qilish, taklif va tavsiyalarni umumlashtirish.
Anjumanda sho‘balari:
1-sho‘ba: Pedagogik mahorat – ta’lim sifatini oshirishning muhim omili
2-sho‘ba: Aniq va tabiiy fanlar o‘qituvchilarining pedagogik mahoratini rivojlantirish muammolari
3- sho‘ba: XXI asr, globallashuv davrida filologik ta’lim
4-sho‘ba: Ijtimoiy fanlarni o‘qitishda pedagogik innovatsiyalar va ijodkorlik
5-sho‘ba: Boshlang‘ich ta’limda xalqaro tajribalar
6-sho‘ba: Uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonida pedagogik-psixologik munosabatlar
Anjuman rasmiy tillari: qoraqalpoq, o‘zbek, rus, ingliz
Ishtirokchilar: Rahbar va pedagog xodimlaralakasini oshirishga ixtisoslashgan institutlar, markazlar, oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, umumiy o‘rta ta’lim maktablari rahbarlari va o‘qituvchilari, yosh olimlar, tadqiqotchilar, ta’lim tizimini boshqarishga mutasaddi tashkilotlar xodimlari, ta’lim sohasiga oid xalqaro va xorijiy tashkilot vakillari.
Anjuman materiallarini to‘plam holda nashr etishi rejalashtirilgan.
Anjumanda ishtirok etishni xohlovchilar, maqola va tezislarini konferensiya materiallari to‘plamida chop etish uchun 2025-yil 5-maygacha pedagogikaliqoray1@gmail.com yoki https://t.me/konferenciya_2025jil elektron manziliga yuborishlari so‘raladi.
Tashkiliy qo‘mita manzili:
Nukus shahri, E.Alako‘z ko‘chasi, 54-uy
Tel.: +998 (61) 224-13-80
E-mail: pedagogikaliqoray1@gmail.com, kkrmoi@exat.uz
Maqolalar quyidagi tartibda taqdim etilishi so‘raladi:
Maqola hajmi: 3-5 bet;
Matn formati: A-4;
Tili: qoraqalpaq, o‘zbek, rus, ingliz.
Xatboshi: 1,25 sm.
Shrift: Times New Roman;
Shrift o‘lchami: 12;
Interval: 1;
Parametrlar: barcha tomondan 2 sm;
Matn kengligi tekis bo‘lishi talab etiladi;
Maqola fayli – Microsoft Word (*.docx)
Maqola strukturasi:
Maqolada ma’lumotlar quyidagi tartibda joylashtiriladi:
– maqola nomi katta harflar bilan;
– muallif(lar) familiyasi, ismi, otasining ismi to‘liq, ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni (bor bo‘lsa);
– tashkilot to‘liq nomi, hudud, mamlakat;
– uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) annotatsiya;
– uch tilda (o‘zbek, rus, ingliz) tayanch so‘zlar;
– asosiy matn (kirish, asosiy qism, erishilgan natija va xulosalar);
– foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati (matnda foydalanilgan manbalar ketma-ketlikda rasmiylashtiriladi, olingan manbalarga havolalar kvadrat qavslarda foydalanilgan adabiyot raqami va sahifasi qo‘yiladi).
Eslatma! Maqola matni tashkiliy qo‘mita tomonidan tahrirlanmaydi, matn asl nusxa hisoblanadi. Maqolalar to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘plamga joylashtiriladi.
Maqolalarni taqdim etishda ko‘rsatilgan talablarga to‘liq amal qilish talab qilinadi. Belgilangan talablarga muvofiq kelmagan, muddatdan keyin taqdim etilgan maqolalar mualliflarga qaytarilmaydi va to‘plamga kiritilmaydi.