Click to listen highlighted text!

Qoraqalpog’iston Respublikasida O‘quv-metodik kengash faoliyati: adolatli baholash va ilmiy yondashuv jarayoni

02.05.2025 11:41:04 63 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog’iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida O‘quv-metodik kengash o‘z faoliyatini samarali tarzda davom ettirmoqda.

Joriy jarayonda Ommalashtirish.uz platformasi orqali o‘qituvchilar tomonidan taqdim etilgan ishlar Makttabgacha va maktab ta’limi vazirligining 89-sonli buyrug’ida belgilangan baholash mezonlari asosida puxta va xolis tahlil etilmoqda.

Ko‘rib chiqilayotgan materiallar har tomonlama o‘rganilmoqda:

 Ilmiylik — tahlilning asosi,

 Aniqlik — qaror qabul qilishdagi asosiy mezon,

 Adolat — baholash jarayonining ustuvor tamoyili sifatida qaralmoqda.

Har bir taqdim etilgan ish jamoaviy muhokamadan o‘tmoqda, malakali mutaxassislar tomonidan mazmun va sifati atroflicha baholanmoqda. Bu esa jarayonning ochiqligi va shaffofligini ta’minlaydi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!