#Ibrayım_Yusupov_96_jasta
#Tólepbergen_Qayıpbergenov_96_jasta
6-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi, Maktab kutubxonachisi va xodimlari kasbiy rivojlanish (malaka oshirish) kursining tashkilotchiligida O‘zbekiston Qahramonlari, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov va O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi To‘lepbergen Qayipbergenovlarning tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Qoraqalpoq adabiyotining qo‘sh bayteragi 96 yoshda» nomli tonggi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda barcha tinglovchilar faol ishtirok etdi. Ularga Yusupov va Qayipbergenovning hayoti, ijodi hamda she’riy va nasriy merosi asosida qiziqarli topshiriqlar berildi