Pedagog kadrlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda ularning zamonaviy ta’lim jarayoniga oid bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan qayta tayyorlash kurslari yakunlandi.
Kurslarning yakuniy bosqichi sifatida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha yakuniy attestatsiya o‘tkazildi. Ushbu jarayon yakunlariga ko‘ra, tinglovchilar belgilangan davlat talablari asosida baholandi va muvaffaqiyatli natija ko‘rsatganlarga diplomlar topshiriladi.