Click to listen highlighted text!

“Jasorat maktablari” fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining to‘rtinchi kuni o‘z faoliyatini davom ettirmoqda

21.08.2025 16:49:13 34 Баспаға шығарыў

#malaka_oshirish_kurslari
#4_kun
“JASORAT MAKTABLARI” MALAKA OSHIRISH KURSLARI – TO‘RTINCHI KUN

Pedagogik mahorat markazida “Jasorat maktablari” fan yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qituvchilar uchun tashkil etilgan malaka oshirish kurslarining to‘rtinchi kuni o‘z faoliyatini davom ettirmoqda.

Mazkur mashg‘ulotlarda Aniq va tabiiy fanlar metodikasi kafedrasi katta o‘qituvchisi D. Qutlimauatova VR ko‘zoynaklari yordamida dars jarayonlarini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha innovatsion usullarni namoyish etdi. Ushbu texnologiyalar o‘qituvchilarga o‘quv jarayonini interaktiv va qiziqarli shaklda tashkil etish, fanlarni vizual tasavvur asosida o‘rgatish hamda o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish imkonini beradi.

Kurs ishtirokchilari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliy qo‘llash, ilg‘or tajribalarni o‘zlashtirish hamda o‘quvchilarda kreativ fikrlashni shakllantirish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalarni egallab bormoqda.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!