Click to listen highlighted text!

Pedagoglar uchun fevral oyi o‘quv darslari boshlandi

02.02.2026 17:58:28 17 Баспаға шығарыў

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida 2026-yil fevral oyi tinglovchilari uchun o‘quv darslari rasman boshlandi.

Kurslarning dastlabki kunida professor-o‘qituvchilar tomonidan tinglovchilarga: malaka oshirish kurslarining maqsad va vazifalari; o‘quv jarayonida tashkil etiladigan o‘quv va metodik ishlar; o‘quv jarayoniga mos motivatsion mashg‘ulotlar bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar berildi.

Joriy oyda Markazda tashkil etilgan 37 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslarida jami 1015 nafar pedagog xodim ishtirok etmoqda. Mazkur kurslar 23 ta yo‘nalish bo‘yicha tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilarning kasbiy bilimlari, tajribalari va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishga qaratilgan.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!