Click to listen highlighted text!

AZIZ VA MUHTARAM ONAJONLAR, QADRLI OPA-SINGILLAR!

08.03.2026 11:58:08 2 Баспаға шығарыў

  Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi bo‘lgan 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi nomidan samimiy tabriklayman.

Barchangizga o‘zimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirib, doimo oilangiz, yaqinlaringiz bilan el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish baxtini tilayman. Ayol-qiz oila va jamiyat tayanchi, hayotimiz ko‘rki va ma’naviyatimiz mezonidir. Yurtimizda xotin-qizlarni ulug‘lash, ularning sha’ni va qadr-qimmatini e’zozlash azaldan milliy qadriyatimizning ajralmas qismi bo‘lib kelgan.

Sizlarning mehr-muhabbatingiz, sabr-toqatingiz, fidoyiligingiz va olijanob ishlaringiz tufayli jamiyatimizda ezgulik, mehr-oqibat va barqarorlik mustahkam qaror topmoqda. Bugun mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy, ilmiy-ma’rifiy va madaniy hayotida xotin-qizlarning faolligi, intiluvchanligi va halol mehnati alohida e’tirofga loyiq.

Ta’lim tizimida, xususan, yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash yo‘lida olib borayotgan samarali mehnatingiz tahsinga sazovor. Yana bir bor sizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Har biringizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va faoliyatingizda ulkan zafarlar tilayman.

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan,

Kojabayeva Guliston Talasbayevna.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi direktori

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!