Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida professor-o‘qituvchilar uchun “Xalqaro baholash tizimi” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi. Mazkur seminar ta’lim sifatini oshirish, pedagoglarning zamonaviy baholash tizimlari haqidagi bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratildi. Seminarda trenerlar — Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodistlari Ametova Shaxribonu hamda Allashova Nursuluıw tomonidan o‘qib tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish, matn bilan samarali ishlash, matnlardagi kalit so‘zlarni aniqlash hamda raqamli matnlarning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, trening davomida o‘qib tushunish strategiyalarini samarali qo‘llash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilib, ishtirokchilar nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar. Seminar jarayonida xalqaro tadqiqotlar natijalari hamda bugungi kunda o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi darajasi haqida ham atroflicha ma’lumotlar taqdim etildi. 











