Click to listen highlighted text!

Korrupsiyaga qarshi kurash – yorug‘ kelajagimiz poydevori

16.03.2026 16:26:25 28 Баспаға шығарыў

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida ta’lim sohasida korrupsiya holatlariga qarshi kurashish va ularning oldini olish masalalariga bag‘ishlangan “Korrupsiyaga qarshi kurash – yorug‘ kelajagimiz poydevori” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Nukus shahar Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i T. Utemuratov, O‘zbekiston “Adolat” SDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari Sh. To‘reshova, markaz kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda tinglovchilar ishtirok etdi. Uchrashuvni markazning “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi mudiri, t.f.n., dotsent R. Bauetdinov olib bordi. Ta’kidlanganidek, korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘sqinlik qiluvchi illatlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish hamda bu boradagi qonunchilik bazasini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Tadbir davomida tamagirlik, pora olish va berish, shuningdek sovg‘a evaziga fuqarolarning huquq va manfaatlariga zid harakat qilish amaldagi qonunchilikka muvofiq taqiqlanishi, bunday holatlar aniqlanganda esa jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi aniq misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, turli sohalarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan huquqiy va tezkor tadbirlarga bag‘ishlangan videorolik namoyish etildi.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!