Click to listen highlighted text!

Aziz yurtdoshlar!

20.03.2026 11:03:05 12 Баспаға шығарыў

 

Mo‘min-musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan, ruhiy poklanish, mehr-shafqat, muhtojlarga yordam va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga chaqiradigan Ramazon oyi va muborak Ramazon hayiti bilan barchangizni samimiy tabriklaymiz.

Bu qutlug‘ kunlarga tinchlik-omonlikda yetib kelganimiz uchun Yaratganga shukronalar aytamiz. Yurtimizdagi osoyishtalik, turli millat va din vakillari o‘rtasidagi hurmat va bag‘rikenglikni asrab-avaylash barchamizning muhim burchimizdir.

Qadrli vatandoshlar!

Sizlarni yana bir bor Ramazon hayiti bilan tabriklaymiz. Ushbu ayyomni oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz va do‘stlaringiz bilan birga fayzli va mazmunli o‘tkazishingizni tilaymiz.
Ilohim, yurtimiz tinch, xalqimiz omon bo‘lsin!

Hurmat bilan,
Kojabaeva Gulistan Talasbaevna.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi pedagogik mahorat markazi direktori

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!