Click to listen highlighted text!

Ochiq dars: Tarbiya fanida affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish

22.04.2026 11:53:52 6 Баспаға шығарыў

         Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazining “Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi” kafedrasi katta o‘qituvchisi N. Tleumuratova tomonidan “Tarbiya: uzluksiz kasbiy rivojlanish” kursida “Tarbiya fanini o‘qitishda affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirish” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mazkur ochiq darsning asosiy maqsadi Tarbiya fanini o‘qitish jarayonida affektiv ko‘nikmalarni rivojlantirishga oid zamonaviy yondashuvlar bilan tinglovchilarni tanishtirish hamda bu borada metodik yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi. Dars davomida: o‘qituvchilar bilan interfaol mashg‘ulotlar tashkil etildi; ta’lim jarayonida o‘quvchilarning emotsional holatini aniqlash va uni samarali boshqarish usullari muhokama qilindi; Tarbiya fanini o‘qitishda yangi metodik yondashuvlar va amaliy tavsiyalar berildi. 

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!