Click to listen highlighted text!

“Ilk qadam” dasturi bo‘yicha o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda

22.04.2026 12:37:18 5 Баспаға шығарыў

2026-yil 22-aprel kuni Pedagogik mahorat markazida “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amaliyotga joriy etish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarining ikkinchi bosqichi davom etmoqda. Mazkur o‘quv kurslari O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan hamda xalqaro tashkilotlar — UNICEF, Islom taraqqiyot banki (IsDB), Arab muvofiqlashtiruvchi guruhi (ACG) va Ta’lim bo‘yicha global hamkorlik (GPE) ko‘magida amalga oshirilmoqda. O‘quv jarayonida ishtirokchilar uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda: – “Ilk qadam” dasturi asosida ta’limni rejalashtirish; –Inklyuziya va xilma-xillikka kirish; – oilalar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ota-onalarni ta’lim jarayoniga jalb etish. Treninglarning asosiy maqsadi: – maktabgacha ta’lim sifatini oshirish; – pedagoglarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish; – “Ilk qadam” dasturini samarali joriy etish; – zamonaviy metodika va innovatsiyalarni keng tatbiq etish.

Back To Top
Skip to content Click to listen highlighted text!