Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida xalqaro ekspert Albert De La Peña ishtirokida “Yosh o‘quvchilar uchun mazmunli real vazifalarni yaratish” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi. Seminar davomida pedagoglar an’anaviy topshiriqlarni zamonaviy yondashuv asosida qayta ishlab, ularni o‘quvchilarning: ijodiy fikrlashi, muloqot ko‘nikmalari, hamkorlikda ishlashi va real hayotiy vaziyatlarda bilimni qo‘llash kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirdilar. Xalqaro tajriba asosida tashkil etilgan seminar davomida tinglovchilar o‘quvchilar uchun qiziqarli, mazmunli va hayot bilan bog‘liq topshiriqlar yaratish bo‘yicha amaliy tajriba almashdilar.




