Kafedra boshlig’i O’temuratov Bayrambay Kulmuratovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan maktabgacha ta’lim, boshlang’ich ta’lim va maxsus ta’lim tizimi pedagog kadrlari uchun yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishga, kasbiy mahoratlarini o’stirish va rivojlantirishga qaratilgan metodik yordam berib kelinmoqda. Shuningdek, talim tizimiga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va o’qitsh tizimini tubdan yangilash kafedra jamoasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Kafedra maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta, maktabdan tashqari va maxsus ta’lim tizimlari, shuningdek, xalq ta’limining mahalliy boshqaruv organlari, rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va mutaxassisligini orttirishga qaratilgan yo’nalishdagi o’qish, ilmiy – metodik ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Pedagog kadrlarning mutaxassisligini orttirish, ta’lim turlari bo’yicha davlat ta’lim standartlari, davlat talablari asosida kasbiy va pedagogik mahoratining doimiy tarzda o’sib borishini, o’qish tarbiya jarayonini yuqori ilmiy – metodik darajada olib borishini ta’minlash, o’qitiladigan fan yoki kurs, pedagogik yoki axborot texnologiyalari va o’qitishning interaktiv metodlari bo’yicha kasbiy bilim, tajriba va ko’nikmalarni doimiy turda rivojlantirib borish asosiy maqsad hisoblanadi.
Kafedra boshlig’i O’temuratov Bayrambay Kulmuratovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi. Bir necha yillik pedagogik tajribaga ega pedagog. Ta’lim tizimini rivojlantirishga bog’liq, respublikalik, xalqaro konferensiya va ilmiy – metodik tezis va maqolalarning muallifi. “Hozirgi qoraqalpoq tilidagi kesimning struktura – semantik turlari” nomli monografiya 2013 – yil, “Boshlang’ich sinflarda ona tilini o’qitish metodlari” 2017 – yil, “Boshlang’ich sinf o’quvchilarining komunikativlik konpetensiyasini shakllantirish” 2021–yil, “Umumiy o’rta ta’lim maktab o’quvchilarining komunikativlik konpetensiyasini rivojlantirish” 2022 -uil o’quv qo’llanmalarini nashr qildirdi.
Dilanov Bekmurza Gulimbetovich filologiya fanlari nomzodi, dotsent. Bugungi kunda qoraqalpoq tilining rivojlanishiga doir tezis va maqolalar nashr qildirib kelmoqda. Ayniqsa, boshlang’ich sinflarda “Ona tili va o’qish savodxonligi” fanini o’qitish bo’yicha boshlang’ich sinf o’qituvchilariga dars berib kelmoqda.
Yusupova Gulshiraxan Ziynatdinovna kafedra dotsenti, Pedogogika fanlar bo’yicha falsafa doktori (PhD). O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilari uchun “Boshlang’ich sinflarda kreativ faollikni shakllantirish tizimi” nomli monografiya 2020-yil, “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ faollikni shakllantirish metodlari” o’quv qo’llanmasini 2021- yil chop ettirdi. Bundan boshqa respublika va xalqaro miqyosidagi konferensiyalarda ilmiy – metodik tezis va maqolalarni e’lon qilib kelmoqda.
Saliyeva Perdexan Alimbetovna kafedra katta o’qituvchisi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi. “Ona tili va o’qish savodxonligi” 1-sinf uchun darslik, “Ona tili va o’qish savodxonligi” 2-sinf uchun darslik, “Ona tili va o’qish savodxonligi” 2-sinf darsligi uchun metodik qo’llanmasining mualliflaridan biri. U “ 2- sinf ona tili darslarida AKT dan foydalanish” 2021- yil metodik qo’llanma, “Ona tili va o’qish savodxonligi darslarida interaktiv metodlar” metodik qo’llanma 2022-yil bosmadan chiqardi. Doimiy tarzda respublika va xalqaro konferensiyalarda ilmiy – metodik tezis va maqolalarni e’lon qilib kelmoqda.
Tajekbayeva Ziyvarxan Qo’shqarbayevna kafedra katta o’qituvchisi. O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Xalq ta’limi a’lochisi. Katta pedagogik tajribaga ega bo’lib, qayta tayyorlash va mutaxassisligini orttirish kurs tinglovchilari uchun tabiiy fanlarni o’qitish bo’yicha dars olib boradi. Maktablarda tabiiy fanlarni o’qitishga doir zamonaviy metodlarni va darsni samarali tashkio qilish usullarini kelmoqda. Respublika va xalqaro konferensiyalarda ilmiy – metodik tezis va maqolalarni e’lon qilingan.
Ixlasov Islom O’serbayevich kafedra katta o’qituvchisi. Qayta tayyorlash va mutaxassisligini orttirish kurs tinglovchilari uchun boshlang’ich sinf va matematika fani o’qitish metodikasi bo’yicha dars berib boradi. Zamonaviy metodlar orqali boshlang’ich sinflarda o’quvchilarga matematika fanining puxta o’rgatish bo’yicha o’qituvchilarga metodik tavsiyalar berib kelmoqda.