Click to listen highlighted text!

QORAQALPOG‘ISTONDA V «USTOZLAR MILLIY FORUMI»GA START BERILDI

18.08.2026 17:25:29 15 Баспаға шығарыў

Bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan «Sifatli ta’lim – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori» shiori ostida tashkil etilgan V «Ustozlar milliy forumi»ning Respublika bosqichi o‘z ishini boshladi. Forumning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining o‘rinbosari Farhod Boqiyev ishtirok etib, forum ishtirokchilarini samimiy qutladi va yangi o‘quv yilida pedagoglarga katta muvaffaqiyatlar tiladi. Forumning asosiy maqsadi – Yangi O‘zbekiston ta’lim standartlari asosida aniq o‘quv maqsadlarini belgilash va ularni dars jarayoniga samarali tatbiq etish, pedagoglar o‘rtasida professional tajriba almashish, ta’lim tizimida tahlil va monitoringga asoslangan boshqaruv madaniyatini rivojlantirish, zamonaviy raqamli texnologiyalar va innovatsion ta’lim yondashuvlarini amaliyotga keng joriy etishdan iborat. Ma’lumot o‘rnida: Forumda Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha shahar va tumanlaridan 374 nafar tajribali pedagoglar ishtirok etmoqda.

Back To Top
Click to listen highlighted text!