– Bugun Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Goethe Instituti bilan hamkorlikda “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” (KRK va KRS) tadbirlari doirasida nemis tili fani master-trenerlari va mentor-o‘qituvchilari uchun qisqa muddatli o‘quvlar boshlandi. 24–29-avgust kunlari davom etadigan o‘quvlar ikki guruhda tashkil etilgan bo‘lib, ishtirokchilar uchun nemis tilini o‘qitishda zamonaviy metodik yondashuvlarga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda. O‘quvlar davomida: ➖ A1–A2 darajalarida retseptiv va produktiv ko‘nikmalarni rivojlantirish; ➖ B1 darajasida o‘qib va tinglab tushunish ko‘nikmalarini rivojlantirish; ➖ gapirish ko‘nikmasini rivojlantirishning interfaol metodlari; ➖ yozma nutqni rivojlantirishning usul va vositalari bo‘yicha mashg‘ulotlar olib borilmoqda. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi nemis tili metodisti Toydiq Mambetova ham mazkur o‘quv jarayonida ishtirok etmoqda. Mazkur o‘quvlar 2026–2027-o‘quv yilida KRK va KRS tadbirlarini samarali tashkil etish, pedagoglarning kasbiy mahoratini yanada rivojlantirish hamda ilg‘or metodik tajribalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi.





