O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi “Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi katta o‘qituvchisi Yusupov Quwanısh Dauletbaevich O‘zbekiston Respublikasi “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. Mazkur mukofot ustozning ta’lim-tarbiya sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yuksak pedagogik mahorati, kasbiga sadoqati hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi fidokorona faoliyatining munosib e’tirofidir. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi jamoasi Yusupov Quwanısh Dauletbaevichni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi. Ustozga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, yangi yutuqlar va zafarlar tilaymiz!





