Click to listen highlighted text!

SUN’IY INTELLEKT — TA’LIMDA YANGI IMKONIYATLAR: XALQARO SEMINAR YAKUNLANDI

09.10.2026 17:15:47 6 Баспаға шығарыў

Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va Jorjtaun universiteti hamkorligida Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan “Ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellektdan foydalanish va onlayn kurslarni ishlab chiqish” mavzusidagi xalqaro o‘quv-amaliy seminar yakunlandi. Mazkur xalqaro seminarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi professor-o‘qituvchilari hamda Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi metodistlari ham faol ishtirok etib, ta’lim jarayonida generativ sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalanish, zamonaviy onlayn kurslarni ishlab chiqish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg‘or tajribalar bilan tanishdilar. Seminar davomida ishtirokchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, raqamli ta’lim imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Seminar yakunida ishtirokchilarga belgilangan o‘quv dasturini muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi sertifikatlar topshirildi.

Back To Top
Click to listen highlighted text!