Kafedra mudiri Bauetdinov Rauaj Ayapbergenovich tarix fanlari nomzodi, dotsent
Kafedrada jami 5 ta shtat birligi bo‘lib, shulardan asosiy shtatda R.Bauetdinov kafedra mudiri lavozimida, katta o‘qituvchi (3 shtat birligida) lavozimida T.Ganiev, A.Shrazov, N.Tleumuratova faoliyat olib boradi. O‘rindoshlik asosida professor lavozimida (0,5 stavka) T.Atamuratov, katta o‘qituvchi (0,5 stavka) lavozimida T.Urazovlar faoliyat olib bormaqda. Kafedrada 2 nafar fan nomzodi bo‘lib, ilmiy salohiyat o‘rtacha 33,3 % ga teng. Bugungi kunda 2 nafar professor-o‘qituvchilar (T.Ganiev, N.Tleumuratova) ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Kafedra respublikadagi umumiy o‘rta ta’lim maktablarining “Tarix”, Tarbiya”, “Davlat va huquq asoslari” fanlari va “Axborot-resurs markazi (kutubxona) rahbar va xodimlari» kursi yo‘nalishlari bo‘yicha pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlantirish va qayta tayyorlov kurslarini tashkil etadi. Uzluksiz kasbiy rivojlantirish kurslarida pedagoglarning har tomonlama kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida o‘zaro tajriba almashish, ochiq darslar o‘tkazish, seminar-treninglar tashkil etish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni olib borishni yo‘lga qo‘ygan. Kafedra a’zolari:
Bauetdinov Rawaj Ayapbergenovich – kafedra mudiri, tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1972 yili Chimboy tumanida to‘g‘ilgan. 1995 yili Qoraqalpoq davlat universiteti “Tarix” fakultetini tamomlagan. 2009 yildan «Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar metodikasi» kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Tarix kursida mutaxassislik modullaridan;
Atamuratov Tatlımurat Jumamuratovich – tarix fanlari nomzodi, kafedra professori. 1972 yili Moskva davlat pedagogika institutini tamomlagan. Barcha fan o‘qituvchilari yo‘nalishlarida “Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida foydalanish masalalari moduli bo‘yicha;
Ganiev Temirbay Sultanbaevich– katta o‘qituvchi. Tarix o‘qituvchilari kursida «Fandagi yangiliklar,fanni o‘qitishning dolzarb masalalari», barcha fan o‘qituvchilari yo‘nalishlarida «Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida foydalanish masalalari” moduli bo‘yicha;
Shrazov Adilbay Shamshetdinovich– katta o‘qituvchi. Davlat va huquq asoslari o‘qituvchilari kursida mutaxassislik modullaridan, rahbar xodimlar kursida “Ta’limda boshqaruv”, maktab amaliyotchi psixologlari yo‘nalishida «Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida foydalanish masalalari” moduli bo‘yicha;
Tleumuratova Nurjamal Maxsetovna– katta o‘qituvchi, Tarbiya fani o‘qituvchilari kursida mutaxassislik modullaridan, Tabiiy fanlar o‘qituvchilari yo‘nalishida «Ta’limning normativ-huquqiy hujjatlarini bilish va kasbiy faoliyatida foydalanish masalalari” moduli bo‘yicha;
Urazov Turdıbay Allayarovich– katta o‘qituvchi, Axborot-resurs markazi (kutubxona) rahbar va xodimlari uzluksiz kasbiy rivojlantirish kursida mutaxassislik modullari bo‘yicha dars mashg‘ulotlarini olib boradi.