Click to listen highlighted text!

XALQARO KONFERENSIYANING PLENAR MAJLISIDA MA’RUZALAR TINGLANMOQDA

16.10.2026 13:12:24 12 Баспаға шығарыў

Ayni paytda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazida “Sifatli ta’lim: sun’iy intellekt va o‘qitishning zamonaviy usullari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning plenar majlisi bo‘lib o‘tmoqda. ✅Unda mahalliy va xorijiy olimlar, oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda ta’lim sohasi mutaxassislarining zamonaviy ta’lim, sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalarga oid ma’ruzalari tinglanmoqda. Plenar majlis ma’ruzachilari: 🔹 Kulmamatov Dusmamat Sattarovich — Xalqaro axborotlashtirish akademiyasining haqiqiy a’zosi, Turon fanlar akademiyasi akademigi, filologiya fanlari doktori, professor. 🔹 Qonırbaeva Sarash Saxiyevna — Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi. 🔹 Albina Yildiz — Jorjtaun universiteti magistri, ta’lim dizayneri, sun’iy intellekt va UX/UI dizayni bo‘yicha mutaxassis (AQSH). 🔹 Nesterova Tatiana Evgenyevna — A. I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti katta o‘qituvchisi. 🔹 Belgibayeva Gulnur Abubakirovna — Chımkent universiteti katta o‘qituvchisi, PhD. 🔹 Albert De La Pena — Nukus shahridagi Prezident maktabi o‘qituvchisi (Filippin Respublikasi). 🔹 Dadajanov Furqat — Ahmad Yassaviy universiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori. 🔹 Stephen Burnage — Chartered College of Teachers va Royal Society of Arts tashkilotlari a’zosi, The Open University akademik murabbiyi (Buyuk Britaniya). 🔹 Mambetova Lyazzat Maratovna — Chımkent universiteti Akademik xizmatlar departamenti rahbari, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi. 🔹 Sarsenbaeva Zoya Jangabay qizi — Innovatsion texnologiyalar universiteti professori vazifasini bajaruvchi, filologiya fanlari doktori (DSc). 🔹 Salieva Perdexan Alimbetovna — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Pedagogik mahorat markazi Maktabgacha, boshlang‘ich va maxsus ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

Back To Top
Click to listen highlighted text!